Bakhodirov©
← Barça işlar

Multi-Scene Stream

OBS Studio uçun plagin: bitta OBSʼdan turli sahnalarni bir vaqtda turli YouTube, Twitch yoki istalgan RTMP(S) kanallarga efirga uzatadi.

  • Plagin
  • 2026
  • C++
  • Qt 6
  • OBS Studio
  • RTMP
github.com/bakhodirovxz/obs-multiscene-stream GitHubʼda köriş ↗
Multi-Scene Stream

OBS Studio uçun plagin: bitta OBSʼdan turli sahnalarni bir vaqtning özida turli RTMP(S) manzillarga efirga uzatadi — asosiy dastur çiqişidan mustaqil ravişda.

Misol: «1-stol» sahnasi bitta YouTube kanalida, «2-stol» sahnasi esa boşqasida efirda böladi, asosiy OBS çiqişi esa uçinçi efir yoki yozib oliş uçun böş qoladi.

Imkoniyatlari

  • 4 tagaça mustaqil çiqiş, har birida öz sahnasi (efirda bölmasa ham çiziladi), öz RTMP(S) serveri va efir kaliti (YouTube va Twitch sozlamalari tayyor), öz kodlovçisi (NVENC / QSV / AMF / x264, eng yaxşisi oldindan tanlanadi), bitreyti, ölçami va ovoz yölagi.
  • Panel — har bir çiqiş uçun kartoçka: holat (kutiş / ulaniş / efirda / qayta ulaniş / xato), efir vaqti va haqiqiy bitreyt, har biri uçun Start/Stop hamda Start All / Stop All.
  • Avtomatik qayta ulaniş — 2 soniya kutib, 25 martagaça urinadi.
  • Xavfsiz — efir kalitlari Windows DPAPI bilan şifrlanadi va logga yozilmaydi, faqat rtmp:// va rtmps:// qabul qilinadi, telemetriya yöq.
  • Işlamay turganda yuk yöq — sahna, kodlovçi va çiqişlar Start bosilganda yaratiladi, Stop bosilganda öçiriladi.
  • Ingliz va rus tilidagi interfeys; OBS 30 va undan yangi versiyalar uçun (OBS 31 va 32 da sinalgan).

Texnologiyalar

C++ va Qt 6, libobs va OBS frontend API, Windows, macOS va Linux uçun CMake sozlamalari, GitHub Actions orqali yiğiş va NSIS örnatuvçisi.

Yuklab oliş

Windows uçun örnatuvçi va zip — v1.0.0 · GitHubʼdagi manba kodi · GPL-2.0