Hoshiya Add-in
Microsoft Office uçun bepul plagin: özbekça matnni yangi 2026-yilgi alifboga (ö, ğ, ş, ç) hamda lotin va kirill örtasida Word, Excel, PowerPoint va Outlookʼda ögiradi.
- Plagin
- 2026
- Microsoft Office
- Rust
Yangi özbek lotin alifbosi — oʻ → ö, gʻ → ğ, sh → ş, ch → ç — qonun bilan tasdiqlangan (OʻRQ-1184) va 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi. Hoshiya bu ögirişni Microsoft Officeʼning içiga olib kiradi: hujjatlar, jadvallar, taqdimotlar va xatlar saytga köçirib-qaytarmasdan, formatlaşi bilan joyida ögiriladi.
Imkoniyatlari
- Yangi alifboga — bitta tugma eski lotin yoki kirill yozuvidagi matnni 2026-yilgi alifboga ögiradi: belgilangan matnni yoki, heç narsa belgilanmagan bölsa, butun hujjatni. Qayta bosiş heç narsani buzmaydi. (0.2.0 versiya)
- Lotin → kirill — eski va yangi lotin alifbosini ham tuşunadi.
- Lentada yangi harflar — Ö, Ğ, Ş, Ç va tutuq belgisi ʼ kursor turgan joyga yoziladi, yangi klaviatura sxemasi şart emas. (0.2.0 versiya)
- Word, Excel, PowerPoint va Outlook — Review yorliğidagi guruh. Excelʼdagi formulalar, sonlar va sanalar özgarmaydi; Word maydonlar, havolalar, izohlar va izoh-havolalarni saqlaydi, butun ögiriş bitta Undo bilan bekor qilinadi. (Outlook: 0.2.0 versiya)
- Puxta qoidalar — inglizça sözlar, havolalar, email manzillar va rim raqamlari özgarmaydi; 17 ta transliteratsiya qoidasi va istisnolar luğati (kuryer, marganets, slanets…) oʻ, gʻ va tutuq belgisini töğri qayta işlaydi.
- Hoshiya Office bilan bir xil dvigatel — Rustʼdagi oçiq kodli
uz-translitkutubxonasi, nazorat sözlar röyxati asosida sinovdan ötkazilgan.
Yuklab oliş
Windows uçun yuklab oliş — v0.1.0, MSI — Word, Excel va PowerPointʼda lotin ⇄ kirill. 0.2.0 versiya (yangi alifbo tugmasi, harflar, Outlook) sinovdan ötmoqda va şu yerda uning örnini egallaydi.
Windows 10 yoki 11 va Microsoft Office kerak (Office 2019ʼda sinalgan; Office 2010 – Microsoft 365 uçun möljallangan). SHA-256: e70fd233791c0da9eee4f1a970497843ccea751a1023b1275f4cfbfab340729b
Hozirgi yozuvda: Word, Excel va PowerPoint uchun yangi alifboga oʻgirish plagini.
